top of page

Hech bir ayol
nola chekmasin

Sizga nisbatan zo‘ravonlik va kuch ishlatildimi?

yordam yo‘riqnomamizga o‘tib, qadamba-qadam ruhiy ko‘mak oling

photo.png

O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonliklar va ayol-qizlarga nisbatan kuch ishlatish, qasddan jarohat yetkazish holatlari kundan-kun jamoatchilikning ko‘proq diqqatini tortmoqda.

Afsuski, bunday paytlarda ularning nolasiga quloq tutadiganlar juda-juda kam topiladi yoki yo‘q...

​Shu sababli biz ko‘mak va murojaat qilishingiz uchun ushbu saytni ishga tushirdik.

Yordam yo‘riqnomasi

102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling:

Ichki ishlar bo‘limi 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling, agar telefoningiz bo‘lmasa, xavfsiz joyga yoki jamoat joyiga yaqin manzilga borishga harakat qiling. Sizda qo‘rquv, ilojsizlik va keskin ruhiy tushkunlik boshlangan bo‘lishi mumkin. Ushbu vaziyatda bu holatlarning jabrlanuvchida kuzatilishi tabiiy. Bu sizning harakatlaringiz oqibati emasligi, aybdor emasligingiz va siz uyalishingiz kerak emasligini tushunishga harakat qiling.

Sog‘ligingizni
o‘ylang:

Bu vaqtda sog‘lig‘ingiz, hayotingizga salbiy ta’sir qiladigan tezkor harakatlarni amalga oshirmang, chuqur nafas oling. Suv yoki suyuqlik ichib oling. Siz uchun noqulay, bosim beruvchi xayollarni o‘ylamaslikka harakat qiling. Har qanday holatda ham sizga ishonuvchi, sizga madad bera oladigan insonlar borligini o‘ylang.

Xavfsizligingizga ishonch hosil qiling:

Ichki ichlar bo‘limi xodimlaridan hayiqmang, sizning huquqingizni himoya qilish – ularning burchi. Ularning himoyasiga ishonishingiz, savol berilganida yoki ariza to‘ldirayotganingizda haqiqiy, aniq ma’lumotlarni yozib / so‘zlab berishingiz zarur bo‘ladi. Ichki ishlar bo‘limida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nozir sizga himoya orderi beradi. U tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlari uchun davlat muhofazasini ta’minlaydi.

Huquqingiz poymol bo‘lmasin:

Sizga zo‘ravonlik qilgan shaxs begona bo‘lsa, uni qidiruvga berishlarini va qonuniy jazo tayinlanishini, agar u begona bo‘lmasa, o‘z huquqlaringiz poymol bo‘lmasligi zarurligini tushuning. Chunki qonuniy nazoratsiz begona zo‘ravon boshqa xotin-qizlarga, begona bo’lmagan zo‘ravon, tazyiqchi esa sizga yana bosim qilishi, kuch ishlatishi mumkin.

Holat yana takrorlansa:

Agar shunday holat (himoya orderingiz bo‘lsa-da) yana takrorlanadigan bo‘lsa, dastlab Ichki ishlar bo‘limiga, bu muammolar girdobidan ruhiy tomonlama chiqib keta olmayotgan bo‘lsangiz, ayollar hamjamiyatlari, shelterlar va malakali ruhshunoslarga qo‘ng‘iroq qilishni yoki siz bilan bog‘lanishlari uchun hikoyangizni quyidagi qismda yozib qoldirishni tavsiya etamiz (ushbu hikoyalar, bog‘lanish raqamlari sir saqlanadi).

  • “Nihol” NNT dan “dolzarb aloqa” raqamlari
    “Nihol” NNT dan “dolzarb aloqa” raqamlari 8:00 dan 20:00 gacha quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib, ayollar oilaviy huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin. Ishonch telefonlari uch oy davomida (karantin davrida) ishlaydi. Psixolog: +998 97 1023373 Psixolog: +998 97 1023363 Psixologlarning dolzarb aloqa operatori: +998 97 1023353 Huquqshunos: +998 97 1023343 Huquqshunos: +998 97 1023313 Yuristlarning dolzarb aloqa operatori: +998 97 1023323 “ISTIQBOLLI AVLOD” Respublika ijtimoiy-axborot markazi Toshkent: +998 95 1439494 Jizzax: +998 91 1979494 Nukus: +998 95 6059494 Urganch: +998 99 5099494 Guliston: +998 95 2909494 Samarqand: +998 99 5299494 Qarshi: +998 95 4799494 Buxoro: +998 95 5149494 Navoi: +998 99 6199494 Andijon: +998 95 2019494 Termez: +998 95 0699494 Namangan: +998 95 3019494 Zo‘ravonlik qurbonlari uchun Jizzax viloyati bo‘yicha tene-kun «ishonch telefoni»: Shahar raqami (9:00-20:00): 72 2229401 Yurist: +99897 7842206 Psixolog: +99895 5795383. Tashkilotchilar: Jizzax viloyati zo‘ravonlik qurbonlari uchun reabilitatsiya va moslashuv markazi.
  • Turmush o‘rtog'ingiz ursa va kamsitsa, qayerga qo'ng'iroq qilish kerak?
    Zo‘ravonlikdan jabrianganlarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi «dolzarb aloqa» raqamlari - 1146 Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi: +998 71 2074077 Ichki ishlar organlari. Sizga xotin-qizlar ishi bo‘yicha tuman inspektori yuborilishi (har bir tumanda shunday mutaxassislar bunday holatlar bilan shug‘ullanish uchun o‘qitilgan) va himoya orderini so‘rang. Agar uni berish uchun asoslar maviud bo‘lsa, murojat qilganingizdan so‘ng 24 soati ichida himova orderi berilishi kerak - 102 Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi (faqat Toshkent bo‘yicha). Toshkent shahar IIBB bo‘limlarining raqamlari. Xodimlar sizga qaysi tuman ichki ishlar bo‘limi bilan bog‘lanish kerakligini aytadi – 712323040, 712324050.
  • Sizga asossiz ravishda himoya orderi berilishini rad etishgan bo'Isa, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling (ish paytida):
    1102 - O'zbekiston IIV ishonch telefoni (respublika bo‘yicha). 712561418 – O‘zbekiston IIV xotin-qizlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Umida Xazratovna Abdullayeva (respublika bo‘yicha). Zo‘ravonlik - xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta'sir o‘tkazish yoki bunday ta'sir o‘tkazish choralarini qo‘Ilash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog'lig‘i, jinsiy dahlsizligi, sha'ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik).

Loyiha haqida

Nolalar.com – butun O‘zbekiston jamoatchiligining e’tiborini ayollarga nisbatan zo‘ravonlikdan ogoh bo‘lish, uning oldini olish va asoratlarini yengillashtirish uchun yaratilgan loyihadir.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ilgari surilgan loyiha tashabbusi kreativ direktor Ahmad Sobitovga tegishlidir. Loyiha ijodiy jamoasi tarkibidan, shuningdek, Mirzayor Erkinov, Mixail Zaimbetov, Abdumajid Mahmudovlar ham o‘rin olgan.

Unda ayol-qizlarning zo‘ravonlik, ularga nisbatan kuch ishlatish vaqtidagi nolalari ham tushirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi – so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik ayollarning zo‘ravonlik qurboni bo‘layotgani haqida media manbalarda tez-tez uchrayotgan yangiliklar fonida unga jamoat joylarida ham e’tiborni kuchaytirish, mavzuni yanada dolzarblashtirish bilan birgalikda salbiy vaziyatlarning sonini ham keskin kamaytirishdan iborat.

Loyihaning vizual yechimida asosiy e’tibor barchamizning ko‘zimizga ovoz to‘lqinlari ekvalayzeri shaklida ko‘ringan detallarni milliy mato – adras bezaklarini yodga soluvchi qismlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratiladi.

bottom of page